Samarqandda yoqilg‘i ombori va “benzovoz” yonib ketdi
3-sahifa
−
02 noyabr 2022 9154 1 daqiqa
Bugun, 2 noyabr kuni Samarqand shahridagi omborda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shaharning “Alisher Navoiy” MFY Shohruh ko‘chasida joylashgan binolarning birda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida soat 17:11 da viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 17:29 da qurshab olingan va soat 18:40 bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida binoning garaj hududigi yoqilg‘i saqlash xonasining 20 kv.m maydoni va yoqilg‘i tashishga mo‘ljallangan (benzavoz) “GAZ-52” avtomobili yonib zararlangan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025