Samarqandda uxlab qolgan haydovchi yirik YTH sodir etdi

3-sahifa

image

Bugun, 16 may kuni Samarqand viloyatida yuk mashinasi haydovchisi uxlab qolishi oqibatida boshqa 2 ta yuk mashinasiga borib urildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 04:30 larda Paxtachi tumani “Boltali” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand–Buxoro–Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 118-kilometrida haydovchi FAW rusumli avtomobilni Samarqand–Navoiy yo‘nalishida boshqarib ketayotib, uxlab qolgan. Oqibatda u rul boshqaruvini yo‘qotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan SINOTRUK HOWO rusumli yuk avtomobilining chap yon qismiga urilgan. Haydovchi mashinani to‘xtata olmasdan, shu yo‘nalishda oldinda to‘xtab turgan boshqa bir SINOTRUK HOWO rusumli yuk avtomobilining ham orqa qismiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida FAW hamda SINOTRUK HOWO rusumli yuk transport vositalarida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Bildirilishicha, holat sababli tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q. Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB JXX YHXG tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida mototsikl 15 yoshli qizni urib yuborgandi. Hodisa oqibatida uning o‘ng oyog‘i va chap tovon suyagi uzilib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand Paxtachi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing