Samarqandda o‘qituvchi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro va Samarqand viloyatida fuqarolarni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi. Ulardan biri temir yo‘l texnikumi o‘qituvchisi bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Departamentning Buxoro viloyati Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. boshqa bir fuqaro R.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Buxoro tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgani aniqlangan. U bunday “saxovati” evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand temir yo‘l texnikumi o‘qituvchisi K.A. fuqaro Sh.ni 800 AQSH dollari evaziga ushbu texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

652

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing