Samarqandda o‘gay ota 9 oylik chaqaloqni vahshiylarcha o‘ldirdi

3-sahifa

image

Samarqandda 9 oylik chaqalog‘ini vahshiylarcha o‘ldirgan o‘gay ota 13 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning 18 oktyabr kuni erkakning ayoli ishga deb uyidan chiqib ketib, 2 kun mobaynida qaytmagan. Bundan esa o‘gay otaning jahli chiqib, go‘dakni uloqtirib yuborgan va yana qayta belanchakka solib qo‘ygan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, bolakayning jonsiz tanasining ko‘krak qafas chap sohasida qontalash joylar, bosh yumshoq to‘qimasiga qon quyilishi, bosh miya pardalari osti to‘qimasida qon quyilishi kabi jarohatlar aniqlangan.  Ushbu jarohatlar o‘tmas tig‘li jism yordamida yetkazilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudida ushbu qotillik bo‘yicha o‘gay otaga sud hukmi o‘qilgan. 

Unga ko‘ra, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v", "j" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan JKning 57-moddasini qo‘llagan holda 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

874

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing