Samarqandda “uchastkoviy”ni kaltaklagan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida profilaktika inspektoriga tan jarohati yetkazgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu xaqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinishicha, voqea joriy yilning 8 iyun kuni soat taxminan 01:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Shu vaqtda tungi xizmatga jalb qilingan Narpay tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant O‘.Burkiyev, tumanning “Charxin” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘l chetida to‘xtab turgan Nexia-2 rusumli avtotransport vositasi unda shubxa uyg‘otganligi uchun mashina oldiga borgan.

U avtomashina ichida bo‘lgan ikki nafar fuqarodan o‘zini tanishtirishini hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini so‘ragan. Fuqarolar profilaktika inspektoriga qo‘pol muomalada bo‘lib, uning qonuniy talablarini bajarmasdan, urib tan jarohati yetkazgan.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 23 iyun kuni ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing