Samarqandda Tojikistondan giyohvand modda yashirib olib o‘tilgan gaz balloni portladi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida Tojikistondan ichiga giyohvand modda yashirib olib o‘tilgan propan gaz balloni portladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tojikistonning Dushanbe va Boxtar shaharlarida yashovchi 44 yoshli D.O. hamda S.S. propan gaz balloni ichiga yashirincha joylashtirilgan opiy giyohvandlik moddasini Tojikistondan O‘zbekistonga olib o‘tgan va sotish maqsadida Urgut tumanida yashovchi tanishi, 43 yoshli M.F.ning yashash xonadoniga kelgan.

Ular propan gaz balloni ichidan giyohvandlik moddalarini olayotganida gaz chaqnashi oqibatida kuyib, tuman shifoxonasiga borgan.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida propan gaz balloni ichida sellofan paketga o‘ralgan 244,19 gramm opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirilgan.

Bundan tashqari, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari bilan o‘tkazilgan yana bir tadbirda Ishtixon tumanida yashovchi, 40 yoshli Q.A. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashinada 1 kilogramm 8,16 gramm opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan.

Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

852

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing