Samarqandda tiktokerlar javobgarlikka tortildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida bir necha o‘smirlar itni suvga uloqtirgani aks etgan video tarqalib, jamoatchilik orasida ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Ushbu ishni sodir etgan yigitlarga nisbatan ma’muriy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, videoda aks etgan holat viloyatning Bulung‘ur tumanida sodir etilgan. 

Shundan so‘ng, voqea yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilgan. Itni suvga uloqtirgan va shu jarayonni videotasvirga olgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. O‘smirlar bu ishni TikTok'da shov-shuv ko‘tarish uchun qilgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda ota-bola jo‘jasini o‘ldirgan itni ayovsiz kaltaklab, so‘ng so‘yib tashlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing