Samarqandda tarkibida oltin bo‘lgan toshlarni talon-toroj qiluvchilar qamaldi
3-sahifa
−
28 may 2022
10940Samarqandda tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni talon-toroj qilish bilan shug‘ullanuvchi 16 nafar shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Samarqand viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Paxtachi tumani “Qoraqo‘ton” ma’danli maydonida tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni talon-toroj qilish bilan shug‘ullanuvchi 2 guruh hudud talashib, janajallashayotgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida 16 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi