Samarqandda “svet” yo‘qligidan norozi aholi katta yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)
Jamiyat
−
06 aprel 2021
10281Samarqand viloyati IIB Paxtachi tumanida bir guruh fuqarolar elektr energiyasi yo‘qligidan norozi bo‘lib, yo‘l bo‘yiga chiqqani yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, kecha, 5 aprel kuni Paxtachi tumani Saroy mahallasida yashovchi 15-20 nafar fuqaro shu mahallada o‘rnatilgan transformator buzilgani sababli, elektr energiyasi yo‘qligidan norozi bo‘lib, “M-37” yo‘lining mahalla hududidan o‘tuvchi qatnov qismini yopishga harakat qilgan.
Hodisa joyiga IIB xodimlari borib, fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, uylariga tarqatib yuborilgan.
Hozirda ushbu mahallaga yangi transformator olib kelib o‘rnatilmoqda.
LiveBarchasi