Samarqandda para triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatiga start berildi

Sport

image

Samarqand shahri ilk bor para triatlon bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Bugun, 9 iyun kuni start olgan musobaqada Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan 50 ga yaqin eng kuchli para triatlonchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Mazkur qit’a birinchiligida O‘zbekiston sharafini Ilhomjon Eshonqulov, Rustamjon Sotiboldiyev, Mashhurbek Abdusamatov, Saidakbar G‘oziyev, Mirjalol Qurbonov va Abdulaziz Eshboyevlar himoya qiladi.

Para sportchilar dastlab 750 metrga suzish, maxsus velosipedda 20 kilometr masofani bosib o‘tish va so‘nggida 5 kilometrga yugurish bahslarida o‘zaro bellashadi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

para triatlon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar