Samarqandda noyob eksponatlar multimedia shaklida namoyish etilmoqda

Jamiyat

image

Samarqandda Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek merosi multimedia formatida namoyish etilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.

Prezidenti Administratsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, keng ko‘lamli restavratsiya va ekspozitsiyalarni yangilash ishlaridan so‘ng Samarqandning mashhur obidalari – Amir Temur maqbarasi, Registon maydonidagi Ulug‘bek va Tillakori madrasalari o‘z davrining asl ruhi va tarovatini saqlagan holda, yangicha qiyofa kasb etgan.

“Mirzo Ulug‘bek qo‘lyozmalaridan tortib Amir Temur tarixi bilan bog‘liq arxiv hujjatlarigacha bo‘lgan yuzlab noyob eksponatlar endi multimedia shaklida ham namoyish etilmoqda”, degan Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyevaning qo‘shimcha qilishicha, UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi mehmonlari yaqin kunlarda O‘zbekistonning qadimiy poytaxti boy xazinalariga munosib baho berish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun kecha, 30 oktyabr kuni Samarqandga borgandi hamda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilib, u yerda daraxt ekkandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Amir Temur Saida Mirziyoeva mul'timedia

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing