Samarqandda Nexia jarga qulab, haydovchi vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqandda yuqori tezlikda harkatlangan haydovchi YTHga uchrab, vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xabar qildi. 

Joriy yilning 29 noyabr kuni Bulung‘ur tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia avtomashina haydovchisi tezlikni oshirishi natijasida yo‘lning o‘ng tomonidagi jarlikka tushib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Natijada haydovchi olgan tan jarohati natijasida shifoxonada vafot etgan. 

Tekshiruv davomida ma’lum qilinishicha, ushbu hodisa yuz bergan hududda yo‘l yorituvchi chiroqlar o‘rnatilmagan, yo‘l chiziqlari to‘liq chizilmagan. Bulung‘ur tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xodimi Elmurod Norbekovning aytishicha, bu kamchiliklar 2021 yilda bartaraf qilinishi rejalashtirilmoqda. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB tomonidan surishtiruv-tergov harkatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing