Samarqandda Nexia chuqurga tushib ketdi

Jamiyat

image

Samarqand shahrida Nexia avtomobili chuqurga tushib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 28 mart kuni soat 21:30larda Samarqand viloyati Samarqand shaxar M.S. Baraka ko‘chasida 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi N.F. Nexia rusumli avtomobilni boshqarayotgan vaqtda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joyda mavjud bo‘lgan chuqurlikka avtomobilning old tomoni tushib ketgan. 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtomobilga texnik zarar yetgan.
 
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

IIV YHXBB barcha haydovchilardan noqulay ob-havo sharoitida o‘ta ehtiyotkor bo‘lib, belgilangan qoidalarga rioya qilgan holda harakatlanishini so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing