Samarqandda Nexia ag‘darilib, yonib ketdi. Qurbonlar bor

3-sahifa

image

Bugun, 14 oktyabr kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Nexia avtomobili haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolishi ikki kishining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

YTH ertalab soat 6:20 larda Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1050-km.da sodir bo‘lgan. Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanib kelib, boshqaruv vaqtida uxlab qolishi natijasida yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketgan. 

YTH natijasida transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida mashina salonida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Haydovchi tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing