Samarqandda mudir hurmatsizlik qilgan talabaga pichoq otdi
3-sahifa
−
04 iyun 2022
9319Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand Axborot texnologiyalari texnikumida faoliyat yuritadigan shaxslardan biri talabaga pichoq bilan jarohat yetkazgani aytilgan xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Jahongir Sagdullayev munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 3 iyun kuni soat 20:50 atrofida Samarqand Axborot texnologiyalari texnikumida sodir bo‘lgan. Mazkur texnikumning xo‘jalik mudiri lavozimida ishlovchi J.A. talabalar yotoqxonasida yashovchi, texnikumning birinchi bosqichida tahsil olayotgan Z.Z.ning xonasiga kirgan. Biroq talaba mudir kelganiga qaramasdan, o‘rnidan turmay, unga hurmatsizlik qilgan.
“Oqibatda ular o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va J.A. stol ustida turgan oshxona pichog‘ini Z.Z.ga qarata otgan. Oshxona pichog‘i talabaning o‘ng oyog‘i pastki qismiga tekkan hamda talaba tan jarohati olgan”, deyiladi xabarda.
Sagdullayevga ko‘ra, hozirda talabaning ahvoli yaxshi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi