Samarqandda mast erkak 34 yoshli ayolni urib o‘ldirdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Narpay tumanida mast erkak kelishmovchilik sabab 34 yoshli ayol tanishini urib o‘ldirgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi. 

Ma’lum qilinishicha, 27 noyabr kuni taxminan soat 22:00 da Narpay tumani “Ko‘kota” MFYda yashovchi 33 yoshli fuqaro J.D. 7 nafar tanishi bilan “Ravotolchin” mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida o‘tirgan va spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Shundan so‘ng 34 yoshli tanishi G.T. bilan o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan. 

Oqibatda J.D. tanish ayolni o‘sha atrofdagi bog‘ning ichiga olib borib, tanasining turli qismlariga urib, tepib, tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng J.D. jabrlangan fuqaro G.T.ga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tez yordam xizmatiga murojaat qilgan. Biroq G.T. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. 

Voqea joyini ko‘zdan kechirish davomida marhuma G.T.ning egnidagi kiyimlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro J.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida odam o‘ldirish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

657

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing