Samarqandda mansabdorlar it va mushuklarni qasddan zaharlab, nobud qilgan

Jamiyat

image

Samarqandda shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mas’ullari mas’ullari tomonidan bir necha qarovsiz qolgan itlar zaharlanib, o‘ldirilgan. Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 

Voqea Samarqand shahridagi “Istiqbol” mahallasida ro‘y bergan. Mahallada itlar zaharlab o‘ldirilishi voqeasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilmoqda. 

Samarqand viloti hokimiyati mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video soha mutasaddilari va jamoatchilik vakillari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqilib, natijalari muhokama etildi.

Ming afsuski, ushbu hodisani itlarni o‘ldirish bilan emas, aksincha, ularni davolash, ro‘yxatga olish va o‘z vaqtida emlab borish kabi vazifalar bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mas’ullari amalga oshirganligi aniqlandi. 

O‘rganish natijalaridan kelib chiqib Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i O.Allamurodov hamda Samarqand shahar veterinariya bo‘limi Siyob vet uchastka mudiri U.Rajabovlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Ular egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Bu kabi noqonuniy hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligi haqida Samarqand viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda uning quyi bo‘limlari rahbarlari, vet uchastka mudirlari qat’iy ogohlantirildi. 

Mazkur holat yuzasidan aybdorlarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlash maqsadida o‘rganish natijalari viloyat prokuraturasiga yuborildi”, deyiladi bayonotda. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyul “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-sonli qarori bilan qarovsiz itlarni tutish bilan joylarda obodonlashtirish boshqarmasi huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari shug‘ullanishi belgilangan. Samarqand shahrida ham aynan ushbu masalaga Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi huzurida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlari tashkil etilib, ushbu masalaga mas’ul etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing