Samarqandda Lacetti bilan to‘qnashgan yuk avtomobili ag‘darilib ketdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Narpay tumanida Lacetti bilan to‘qnashgan yuk avtomobili ag‘darilib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakatai xavfsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bugun, 23 aprel kuni soat 05:40 larda Samarqand viloyati Narpay tumani hududidan o‘tgan M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 108-kilometrida, 1958 yilda tug‘ilgan haydovchi I.S. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili hamda 1980 yilda tug‘ilgan haydovchi S.X. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, yuk avtomobili yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan va ag‘darilgan.

YTH oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Narpay tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

165

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing