Samarqandda Lacetti haydovchisining aybi bilan ikki kishi vafot etdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida “Buxoro – Samarqand” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti haydovchisi yo‘lda uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, M-37 avtomobil yo‘lining 44-kilometrida harakatlanib kelayotgan Lacetti yo‘lning o‘ng tarafida to‘xtab turgan yuk mashinasining orqasiga kelib urilib, yo‘l transport hodisasini sodir qilgan. Oqibatda Lacetti haydovchisi va ikki yo‘lovchi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Bir yo‘lovchi esa shoshilich tarzda shifoxonaga yotqizilgan.

“Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266 moddasining 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing