Samarqandda xorijiy korxonaga yarim mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida xorijiy korxona manfaatlariga 538,6 mln so‘m zarar yetkazgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. 

Unda “X.B.” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasining sobiq xodimi T.U. “Ch.G.” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, jamiyatga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 538,6 mln so‘mlik g‘isht mahsulotini boshqa fuqarolarga naqd pulga sotib yuborib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing