Samarqandda kelin uksus ichib, o‘z joniga qasd qildi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqandda 29 yoshli kelin uksus kislotasini ichib, o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 24 iyun kuni Samarqand shahri “Bog‘bonlar” mahallasi Yangravot ko‘chasida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan N.M. “uksus kislotasidan o‘tkir zaharlanish” tashxisi bilan RSHTTYOM Samarqand filiali xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.

Kecha, 27 iyun kuni esa N.M.ga ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Hodisa joyiga tezkor-tergov guruhi chiqib, ko‘zdan kechirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Marhuma N.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

689

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing