Samarqandda kelin qaynonasining boshiga g‘isht bilan urib o‘ldirdi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Urgut tumani “Chag‘izmon” mahallasida yashovchi qaynona va kelin o‘rtasidagi kelishmovchilik o‘lim bilan yakun topdi. Kelin o‘z qaynonasining boshiga g‘isht bo‘lagi bilan urib o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov bu voqeaga munosabat bildirar ekan,

“Nega kelin qaynonaga hurmatsizlik qilyapti, qaynona kelin bilan murosa qila olmayapti. Nima uchun bunday nizoli holatlar ko‘p? Tarbiyada oqsoqlik bor. To‘y-ma’rakalarda dabdababozlik bilan emas, yuksak ma’naviyatimiz bilan maqtanaylik, farzand tarbiyasi ularning odob-ahloqiga loqaydlik bilan qaramaylik”, deb ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, mudhish hodisa sodir bo‘lgan xonadon mahalla mutasaddilari tomonidan atroflicha o‘rganilmagan. Shu sababli ularning faoliyati tanqid qilinib, bu kabi salbiy holatlarning oldini olishda muntazam har bir oila bilan ishlash, ulardagi ma’naviy muhitni e’tibordan chetda qoldirmaslik zarurligi uqtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Samarqandda shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi. Unda qaynonasi bilan kelisholmay nizoga borgan kelin o‘zi va uch nafar bolasini kanalga cho‘ktirgan edi. Natijada uning ikki bolasi nobud bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

558

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing