Samarqandda qariyb 5 kilogrammlik giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi

3-sahifa

image

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyatining Urgut tumanida 5 kiloga yaqin giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Urgut tumanida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan S.S. mahalliy fuqaroga 600 AQSH dollari evaziga 6,76 gramm “geroin” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, S.S.ning yashash xonadonida bo‘lgan 957,53 gr “geroin”, 2 kg 614,51 gr “opiy”, 285,6 gr “Gashish” va 758,5 gr “marixuana” giyohvandlik vositalari olib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, S.S.ning jinoiy sherigi, Urgut tumanida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan X.A.ning yashash manzilida 2,84 gr “opiy” giyohvandlik moddasi saqlab kelganligi aniqlanib, protsessual tartibda hujjatlashtirib olingan.

Xabarga ko‘ra, jami 4 kg 628 gr giyohvandlik vositalari tarqalishiga chek qo‘yilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing