Samarqandda qariyb 21,5 mlrd so‘mlik neft talon-toroj qilindi

3-sahifa

image

Samarqanddagi neft bazada qariyb 21,5 mlrd so‘mlik neft mahsulotlari talon-toroj qilindi. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Maroqand neft bazasi” MCHJga qarashli Bulung‘ur filialida mas’ul shaxs X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizatsiyadan o‘tkazilganda, 7 ta vertikal po‘lat sig‘imlarga (RVS) qasddan texnik o‘zgartirish kiritish va qo‘lbola usulda sig‘im ichiga temir quvur joylashtirilganligi aniqlangan.

Shuningdek, jami 21 mlrd 494,7 million so‘mlik 2 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yilib, katta miqdorda talon-toroj qilingan. Xususan:

•    Ai-80 benzinidan 18 340,4 mln so‘mlik 2 382,1 tonna;

•    EKO markali dizel yoqilg‘isidan 75,2 mln so‘mlik 4,7 tonna;

•    TDL-05 markali dizel yonilg‘isidan 1 752,1 mln so‘mlik 111,6 tonna;

•    TD-K5 yevro markali dizel yoqilg‘isidan 1327,0 mln so‘mlik 75,1 tonna.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

290

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing