Samarqandda qariyb 18 mln so‘mlik yuk o‘g‘irlagan “shovvozlar” ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqandda yuk poyezdidan qariyb 18 million so‘mlik temir sharlarni o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning sentyabr oyida “Maroqand-Navoiy” yo‘nalishidagi yuk poyezdi “Nurbuloq” temir yo‘l bekatida to‘xtagan vaqtida, usti ochiq vagonga ortilgan temir sharlar noma’lum shaxslar tomonidan yashirin ravishda talon-toroj qilib ketilgan.

Aniqlanishicha, o‘g‘rilikni Nurobod tumanida yashovchi P.A., A.T. hamda T.O. sodir etgan. A.T.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, u yerda 1410 dona temir shar borligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.

O‘g‘irlangan temir sharlarning og‘irligi 1692 kg bo‘lib, qiymati 17 mln 693 ming 401 so‘mni tashkil etgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan P.A., A.T. hamda T.O. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing