Samarqandda issiqxona uchun ajratilgan mablag‘ talon-toroj qilindi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Jomboy tumanida fuqarolarga issiqxona qurish uchun ajratilgan kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MCHJ faoliyati fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.T.” MCHJ rahbari hududiy tijorat bankidan jismoniy shaxslarga issiqxona qurib berish uchun ajratilgan 105 mln so‘m kredit mablag‘ini issiqxona qurib bermasdan, o‘z manfaatlariga ishlatib o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “K.T.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing