Samarqandda ikki fuqaro o‘rtasidagi janjal o‘lim bilan tugadi
3-sahifa
−
05 dekabr 2022
11139Samarqand viloyatidagi kafelardan birining oldida 2 nafar fuqaro o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Oqibatda ularning biri vafot etgan. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 29 noyabr kuni soat tungi 1:30 da Nurobod tumanida joylashgan kafe yonida oldindan tanish bo‘lgan M.X. va X.Sh. mast holatda o‘zaro tortishib qolgan. Fuqaro X.Sh. M.X. ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, olgan tan jarohati oqibatida fuqaro M.X. vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda tergov hujjatlari viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi yurituviga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi