Samarqandda IIB xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida ichki ishlar xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani haqida video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB Matbuot xizmati ma’lumot berdi. 

Aniqlik kiritilishicha, joriy yilning 8 avgust kuni soat 23:45 atrofida Samarqand shahar Go‘ro‘g‘li ko‘chasida tungi xizmatni olib borayotgan xodimlar yoniga, shu ko‘chada yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan D.Muhiddin mast holatda kelib, hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, jamiyatda o‘rnatilgan tartib qoidalarni qasddan mensimay, IIB xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashgan.

Fuqaroni yaqin oradagi IIBga olib borish davomida, u xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatgan. Holatga D.Muhiddinning yaqinlari ham qo‘shilib uni qo‘yib yuborishlarini so‘ragan.

Mazkur holat qonuniy tartibda rasmiylashtirilib, D.Muhiddinga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

363

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing