Samarqandda “GAI” xodimi fuqarolar bilan tortishdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlari hamda fuqarolar o‘rtasidagi tortishuvli vaziyat aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 18 fevral kuni soat 15:40 larda Samarqand viloyati Nurobod tumani hududida YPX xodimlari tomonidan Spark rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilib, tekshirish maqsadida me’yoriy hujjatlarini taqdim etishi so‘ralgan. Haydovchi esa hujjatlari yo‘qligini ma’lum qilgan. Qoidabuzarlik holati bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida atrofda bo‘lgan uch nafar fuqaro xodimlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan va transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilishiga ham qarshilik ko‘rsatgan.

Haydovchiga nisbatan Yo‘l harakati qoidalarining 7-bandini buzganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi tartibida bayonnoma tuzilgan. Spark rusumli avtomobil ushbu kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.

“YPX xodimlarining qonuniy xizmat faoliyatiga halaqit bergan fuqarolar bo‘yicha tegishli hujjatlar to‘planmoqda. Barcha haydovchilardan belgilangan tartib va qoidalarga rioya etishlarini so‘raymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing