Samarqandda FVB katta leytenanti pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
29 yanvar 2022
11223Samarqand viloyatida mahalliy tadbirkordan doimiy ravishda shaxsiy avtomobiliga yoqilg‘i quydirib, pul mablag‘larini pora tariqasida olib kelgan favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tuman bo‘limlarining birida bo‘linma boshlig‘i lavozimida ishlovchi katta leytenant ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.
DXX va Samarqand viloyati boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda K.N. o‘ziga berilgan vakolatni suiiste’mol qilib, tadbirkordan 1 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘ini pora sifatida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, kecha, 28 yanvar kuni respublikada yuzaga kelgan elektr energiyasi va yonilg‘i tanqisligi oldini olish uchun ishchi guruh tuzilib, narx-navo nazoratga olingan. Bu ishga favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tuman bo‘limlarining birida bo‘linma boshlig‘i lavozimida ishlovchi katta leytenant K.N. mas’ul qilib tayinlangan.
Shuningdek, u favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruvlarni ijobiy hal qilib berish evaziga mahalliy tadbirkordan doimiy ravishda shaxsiy avtomobiliga yoqilg‘i quydirib, pul mablag‘larini pora tariqasida olib kelgan.
Xabarga ko‘ra, hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi