Samarqandda fuqarolarni 8,5 ming dollarga “uxlatgan” shaxs ushlandi

Jamiyat 2356
image
-

Samarqand viloyati Samarqand tumanida fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.K. fuqaro Q.H. va E.A.larga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni va’da qilib, ularning ishonchiga kirib, 8500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 43
Reyting: 2.9
t
×