Samarqandda fuqarodan Tik-Tok’da sharmanda qilmaslik uchun 5 mln talab qilindi

Jamiyat

image

Samarqandda fuqaro tovlamachilik qurboni bo‘ldi. Unga tegishli telefon va pullarni olib qo‘ygan firibgarlar, undan 5 000 000 so‘m pul talab qilib, agar pulni bermasa, Tik-Tok qahramoniga aylantirish bilan tahdid qildi. Bu xaqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 8 aprel kuni 25 yoshli fuqaro M.Maqsud Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 26 yoshli fuqaro U.Muhiddin jabrlanuvchi M.Maqsudni 5 aprel kuni, aldov yo‘li bilan Samarqand tumani “Bo‘zi” mahallasi hududidagi qarovsiz joyga olib borgani, u yerda unga tazyiq o‘tkazib, “SAMSUNG  S-20A” va “SAMSUNG”  rusumli, umumiy narxi 3 700 000 so‘m bo‘lgan telefon apparatlarini hamda 200 AQSH dollari va 112 000 so‘m pul mablag‘larini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilganini yozgan.

Ushbu holatni 25 yoshli fuqaro B.Sherzod videotasvirga olgan. So‘ng ikkovlon M.Maqsudni videotasvirni Tik-Tok ijtimoiy tarmog‘iga chiqarib, sharmanda qilish bilan qo‘rqitishgan. Keyin esa  undan ikki dona telefon apparatlarini qaytarib olishi uchun 5 000 000 so‘m pul berishini talab qilishgan. Jabrlanuvchi M.Maqsud voqea yuzasidan ichki ishlar idoralariga murojaat qilganidan so‘ng, shu kuni Samarqand shahri “Kaftarxona” mahallasi hududida fuqaro U.Muhiddin va B.Sherzod jabrlanuvchi M.Maqsuddan tovlamachilik yo‘li bilan 400 AQSH dollarini olayotgan vaqtida Ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Malum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fukarolar U.Muhiddin va B.Sherzodga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kolaversa, tergov harakatlari davomida, jabrlanuvchi M.Maqsud U.Muhiddin ofitsiant bo‘lib ishlagan restoranda ovqatlanib, 1 000 000 so‘m pullarni to‘lamasdan chiqib ketgani aniqlangan. U.Muhiddin ishdan bo‘shatilganining qasdini olish maqsadida ushbu jinoyatni sodir qilgan.

Hozirda tergov jarayonlari davom etmoqda.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing