Samarqandda fermer xo‘jaligi yerini 9 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Urgut tumanida fermer xo‘jaligidan ijaraga olingan yer maydonini sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.Q. va B.A. qarindoshi M. tomonidan fermer xo‘jaligidan ijaraga olingan 0,6 gektar yer maydonini “M.” xususiy korxonasi rahbariga firibgarlik yo‘li bilan 9 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing