Samarqandda eronlik er-xotin do‘kondorning $5,1 mingini “uxlatdi”

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Samarqandning Payariq tumanida eron fuqarosi bo‘lgan er-xotin do‘konni o‘marib ketdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Joriy yilning 12 sentyabr kuni Payariq tumani IIBga 1981 yilda tug‘ilgan B.Sh. ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida shu kuni soat 17:00 larda savdo do‘koniga tashqi ko‘rinishidan chet davlat fuqarosiga uxshaydigan bir erkak va ayol kishi kelib, turk tilida gapirib, 100 AQSH dollari pullarini ikkita 50 AQSH dollari kupyuralariga almashtirib berishini so‘raganini bildirgan. B.Sh. do‘konidagi seyfidan kupyuralarni ularga olib berayotgan vaqtida, o‘sha erkak kishi seyfidagi 5100 AQSH dollarini o‘g‘irlab olib, yonidagi ayol bilan birga chiqib ketgan

Fuqaro o‘z murojaatida ushbu shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Xavfsiz turizmni ta’minlash xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Eron Islom Respublikasi fuqarolari 1958 yilda tug‘ilgan R.A. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1980 yilda tug‘ilgan S.D. sodir etilganligi aniqlanib, Toshkent shahri hududida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

408

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing