Samarqandda erkak xotinining o‘ynashini o‘ldirgani uchun 17 yilga qamaldi
Jamiyat
−
06 iyul 2022
12665Samarqand viloyati Tayloq tumanida erkak xotinining o‘ynashini o‘ldirgani uchun 17 yilga qamaldi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, erkak 2020 yildan buyon shar’iy nikoh orqali bir ayol bilan yashab kelgan. Yashash davomida u ayoliga ishlamasligini bir necha marotaba ta’kidlagan. Ammo, rafiqasi bu shartga ko‘nmay, ishga chiqib ketgan.
Natijada, er-xotin o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ayol erining janjallariga toqat qilmay, ikki nafar farzandi bilan ota uyiga ketib qolgan.
Ma’lumotga ko‘ra, 2022 yilning fevral oyi boshlarida ayoli ketib qolgani sababli yolg‘iz yashab kelayotgan erkakka turmush o‘rtog‘i boshqa bir erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, birgalikda yashab kelayotgani haqida xabar yetib keladi. U o‘zining ayoli bilan yashab kelayotgan erkakdan qasd olish maqsadida, uning telefon raqamini topib, joriy yilning 15 fevral kuni soat taxminan 19:30 atrofida unga qo‘ng‘iroq qiladi.
Shuningdek, ayoli bilan yashab kelgan erkak bilan ko‘rishib, uning mastligini bilgan holda, uyiga olib keladi. Undan qasd olish maqsadida marhumning tanasidagi turli a’zolariga bir necha marotaba to‘xtovsiz zarbalar berib, uni og‘ir ahvolga keltiradi va bo‘g‘ib, qasddan o‘ldiradi. Qilgan ishini yashirish maqsadida jasadni yashash xonadonidagi eski hojatxonaning o‘rniga ko‘mib yuboradi.
Xabarga ko‘ra, Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Tayloq tuman sudida sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi. Unga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan aybli deb topilib, 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
LiveBarchasi