Samarqandda erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirdi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida erkak xotini va 5 oylik bolasini o‘ldirib, o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 24 dekabr kuni Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi viloyat ichki ishlar boshqarmasiga voqea yuzasidan xabar bergan. 

Tergov-tezkor guruhi a’zolari tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda M.A.ning bo‘yin sohasi chap yon tomonida 2 dona sanchib-kesilgan jarohati mavjudligi hamda chaqaloq P.M. esa tan jarohatsiz holda topilgan. Shuningdek, xonadon egasi A.A. ushbu hovlining og‘ilxonasini cherdak qismiga arqon bilan bo‘ynidan osilgan holda topilgan.

Dastlabki tezkor ma’lumotlar hamda guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, A.A. turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchilik oqibatida janjallashib, uni qaychi bilan bo‘yin sohasiga 2 marta urib o‘ldirgan. So‘ngra beshikda yotgan 5 oylik farzandi M.P.ni qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, keyin o‘zini-o‘zi osib qo‘ygan.  

Voqea joyidan qonga o‘xshash dog‘lari bo‘lgan bir dona qizg‘ish rangli yelim dastali qaychi, qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, A.A.ning ikkala qo‘lidagi qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, 2,3 metr uzunlikdagi arqon ashyoviy dalillar sifatida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing