Samarqandda chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan 6 karra O‘zbekiston chempioni qamaldi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida 4 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan shaxsi ochiqlanmagan olti karra O‘zbekiston chempioni sud qilindi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, 25 yoshli sportchi o‘zi bilan birga sport mashg‘ulotiga qatnaydigan yigitdan homilador bo‘lib qolgan. Farzandi tug‘ilganidan so‘ng esa uni sotish harakatiga tushgan.

Qayd etilishicha, u 4 kunlik chaqalog‘ini 2,5 ming AQSH dolllariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, chempionga nisbatan sud hukmi o‘qilgan. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, 4 yilu 6 oyga qamalgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1902

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing