Samarqandda bolasini do‘pposlagan ayol haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

3-sahifa

image

Samarqandda farzandlarini ayovsiz do‘pposlab, kamiga buni tasvirga olib, turmush o‘rtog‘ini tinimsiz haqorat qilgan ayol qilgan qilmishidan afsusdaligini aytgan. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tarqatilgan xabarda so‘z boradi. 

Qayd etilishicha, ushbu holatni joriy yilning 24 dekabr kuni Vatak mahallasida yashovchi fuqaro (kelin) O.G. Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan turmush o‘rtog‘i I.S. bilan telefon orqali suhbat davomida kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchiliklardan so‘ng sodir etgan.

“O.G. Vatak mahallasida yashovchi I.S. bilan ikkinchi turmushi bo‘lib, ular qonuniy nikoh asosida turmush qurishgan. Turmushidan 4 nafar farzandi bor. Turmush o‘rtog‘ining birinchi turmushidagi bir nafar farzandi bilan O.G.ning tarbiyasida jami 5 nafar farzand bor.

Hozirda, O. G va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari birgalikda Urgut tumani Tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan bo‘lib, videolavhadagi farzandi I.S.ning sog‘lig‘ini umumiy ahvoli shifokorlar tomonidan qoniqarli deb baholanmoqda”, deyiladi hokimlik axborot xizmati tarqatgan xabarda.

Psixologlarning xulosasiga ko‘ra, asabiy ona O.G.ning ruhiy holati qoniqarli farzandiga jismoniy yoki ruhiy shikast yetkazish darajasida emas, degan xulosa qilingan. (!) Qiziq bundan ortiq yana qanday zarar yetkazish mumkin?

O.G. bilan o‘tkazilgan suhbat davomida, u o‘zini boshqara olmay qilgan ushbu ishidan afsuslanib, avval farzandlariga nisbatan bunday munosabatda bo‘lmagani, turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali kelisholmay qolgach, shu holat yuz bergani, ularni yaxshi tarbiyalab kelayotganini aytgan. Oilasi bilan tinch yashab kelayotgani bois, avval nizoli vaziyatga bormagan va bu haqda hech qayerga murojaat qilmaganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.G. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 110-moddasi 2-qismi va 112-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

695

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing