Samarqandda bir gektar yerni 200 000 dollarga pullamoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 1 gektar yerni 200 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 33 yoshli xususiy tadbirkor R.Sh. 67 yoshli qarindoshi G‘.N. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, tumanning “Do‘stlik” massividagi “Kimyogarlar” mahallasi hududidan yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun ajratilgan 1 gektar yer maydonini fuqaro A.Sh.ga rasmiylashtirib berish evaziga undan 200 ming AQSH dollari berishini talab qilgan.

Huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan R.Sh. va G‘.N. mazkur fuqarodan kelishilgan mablag‘ning 190 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing