Samarqandda ayolning jasadi kiyim ilgichga osilgan holda topildi
3-sahifa
−
02 iyul 2022
21817Samarqandda 31 yoshli ayol uyining mehmonxonasida kiyim ilgichga ro‘mol bilan o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 27 iyun kuni taxminan 04:30 da Toyloq tumani “Bog‘izag‘on” mahallasi Samarqand ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, o‘z joniga qasd qilgan ayol G.I. Toyloq tumani Bog‘izag‘on mahallasida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan X.O. bilan 2019 yil yanvar oyida qonuniy nikohdan o‘tib, birga yashab kelgan. Turmushlari davomida ular 2 nafar farzand ko‘rishgan.
O‘lim sababini aniqlash maqsadida G.I.ning murdasi sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatilgan.
Shuningdek, holat yuzasidan tegishli idoralarga ham xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 29 yoshli kelin uksus kislotasini ichib, o‘z joniga qasd qilgandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
LiveBarchasi