Samarqandda ayol va uning qizi uyida o‘ldirib ketildi
3-sahifa
−
26 mart 2022
23207Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida ona va uning qizi o‘z yashash uyida o‘ldirib ketilganiga oid xabarlar tarkaldi. Bosh prokuratura Matbuot kotibi holat bo‘yicha QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 10 mart kuni tumanning “Esaboy” mahallasida istiqomat qiluvchi 58 yoshli N. A. (ayol) va uning 21 yashar qizi V. D.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda jinoyatni fosh etish uchun tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi