Samarqandda ayol tug‘uruqdan bir hafta o‘tib, reanimatsiyada vafot etdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi tug‘uruqxonada shifokorlar aybi bilan homilador ayol vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 28 may kuni Kattaqo‘rg‘on shahar, A.Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Ya. homiladorligi sababli Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga murojaat qilgan. Shu kuni tug‘uruq bo‘limiga “Homiladorlik I, 38-39 hafta, 1-tug‘ruq (33 yosh), tug‘ruqni I davri, gistatsion anemiya yengil darajasi” tashxisi bilan yotqizilib, kuzatuvga olingan.

Shundan so‘ng, “Homila chanoq bosh disproporsiyasi. Homilani noaniq holati” tashxisi qo‘yilib, hayotiy ko‘rsatma sababli 29 may kuni kech soat 02:00 da homilador ayolning yaqin qarindoshlarini roziligi bilan kesarcha kesish operatsiyasi o‘tkazilib, o‘g‘il homila operativ yo‘l bilan tug‘dirilgan. Ona va bolaning ahvoli yaxshi bo‘lib, operatsiyadan so‘ng tug‘uruq bo‘limida kuzatuvda bo‘lgan.

6 iyun kuni soat 15:10 da bemor M.Ya. Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi “Reanimatsiya” bo‘limida “Ilk chilla davri. Kesarcha kesish operatsiyasidan keyingi holat (9 sutka). O‘tkir o‘pka-yurak yetishmovchiligi. Poliorgan yetishmovchiligi” tashxisi bilan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2022 yil 6 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tergovchisi va tezkor tergov guruhi a’zolari hodisa joyiga chiqib, ko‘zdan kechirishgan va M.Ya.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertiza, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga xizmat tekshiruvi tayinlanib, ishga aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan.

Ushbu holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

892

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing