Samarqandda ayol erining 500 mln pulini internet o‘yiniga tikib, yutqizib qo‘ydi

Jamiyat

image_2021-07-15_11-39-21

Samarqand viloyatida ayol turmush o‘rtog‘ining 500 million so‘m pulini internetdagi o‘yin orqali yutqizib qo‘ydi. Bu haqda “Yangi davr” axborot dasturida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, erkak Ichki ishlar boshqarmasiga plastik kartasidagi 500 million so‘mdan ortiq pul yo‘qolganini aytib, murojaat qilgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda fuqaroning xotini ushbu pul mablag‘ini internetdagi tavakkalchilikka asoslangan o‘yinda yutqizib qo‘ygani aniqlangan. Xabarda ayol pullarni yutqizib qo‘ygani haqida eriga aytmagani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 18 yoshli yigit internetdagi o‘yinda yirik miqdorda pul yutqizib, o‘zini osib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

886

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing