Samarqandda avtomobil haydovchisi kanaldan qidirilmoqda
Jamiyat
−
15 avgust 2020 9947 1 daqiqa
Samarqandda haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomobil kanalga tushib ketdi. Avtomobil qutqaruvchilar tomonidan suvdan olib chiqildi, lekin haydovchi undan chiqmadi. Bu hada Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Samarqand viloyatining Nurobod tumani Jom qishlog‘ida boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi avtomobil bilan “Eski Anhor” kanaliga tushib ketgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari avtomobilni qirg‘oqqa olib chiqdi.
Avtomobil chiqarib olinganda, uni boshqargan haydovchi salondan topilmadi. Hozirda g‘avvos-qutqaruvchilar tomonidan avtomobil haydovchisini suv ostida qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr