Samarqandda Amerikaga jo‘natishga va’da bergan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda fuqaroni 14 ming AQSH dollari evaziga Amerikaga jo‘natishga va’da bergan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqaro A.A. boshqa bir fuqaro M.A.ni 14 ming AQSH dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natishga va’da bergani aniqlangan.

Berilgan va’daga ko‘ra, fuqaro M.A. Samarqand-Istanbul-Madrid-Nikaragua yo‘nalishi orqali Amerikaga borishi kerak bo‘lgan. 

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbiri davomida fuqaro A.A. fuqaro M.A.dan 3 000 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bir necha hafta oldin Qashqadaryoda 15 ming AQSH dollari evaziga Amerikaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing