Samarqandda aholiga ajratilgan unni sotib yuborgan MCHJ rahbari ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida aholiga ajratilgan 84,5 tonna un mahsulotini sotib yuborgan MCHJ rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “B.” MCHJ  rahbari O‘.X. “Oqtoshdon” AJdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 209,8 mln so‘mlik 84,5 tonna un mahsulotini dislokatsiyada belgilangan mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, savdo nuqtalari orqali qimmat narxlarda sotib yuborgan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing