Samarqandda 713 tup giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxslar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
24 may 2022 8830 1 daqiqa
Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Payariq tumanlarida giyohvandlik moddalarini yetishtirib kelayotgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan tadbir davomida, Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1976 y.t. M.A. sement saqlash omborxonasidagi 4 sotix yer maydonida jinoiy sheriklari Pastdarg‘om tumanida yashovchi, 1992 y.t. X.B. hamda Toshkent shahrida yashovchi 1984 y.t. R.A. bilan birgalikda, 610 tup marixuana giyohvandlik vositalarini parvarishlab kelayotgani fosh etilgan.
Yana bir o‘tkazilgan tadbirda esa, Payariq tumanida yashovchi 1970 y.t. A.A. yashash xonadonida 103 tup ko‘knori giyohvand o‘simligini parvarishlab kelgani aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.
Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr