Samarqandda 4 egizak tug‘ildi

Jamiyat

image

Kecha, 2 noyabr kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanida 4 egizak dunyoga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati perinatal markaziga 29 oktyabr kuni Samarqand tumani Xo‘ja Ahror Vali mahallasida yashovchi homilador M.Tohirova olib kelingan.

Tekshiruvlar natijasida homilador ayol to‘rt egizak kutayotgani aniqlangan. Shifokorlar tug‘ruqni jarrohlik yo‘li bilan amalga oshirishga qaror qilgan.  

“2 noyabr kuni amalga oshirilgan jarrohlik amaliyotida ikki o‘g‘il va ikki qiz egizak tug‘dirib olindi”, deydi Samarqand viloyati perinatal markazi direktori Lola Hamroyeva. 

Shikoforning ma’lum qilishicha, hozirda ona va bolalarning umumiy holati qoniqarli. Chaqaloqlar markazning chaqaloqlar bo‘limida nazoratda.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

510

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing