Samarqandda 37 yoshli ayolni Turkiyaga sotib yuborayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 37 yoshli ayolni Turkiyaga 1000 dollarga sotib yuboryotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil aprel oyining boshlarida 28 yoshli A.H. tanishi – 37 yoshli I.O.ni Turkiya davlatiga shahvoniy maqsadlarda yuborish niyatida aldov yo‘li uning ishonchiga kirgan. Shundan so‘ng ayolga Turkiya davlatidan yaxshi ish topib berishini va u yerga ketishida ham yordam berishini va’da qilib, unga tegishli fuqarolik pasportini qo‘lga kiritib, I.O.ni fuqaro S.ga 1000 AQSH dollar evaziga sotishga kelishgan.

A.H. joriy yilning 27 aprel kuni soat 22:00 larda Pastdarg‘om tumani Tinchlik mahallasida joylashgan kafelardan birida fuqaro S. bilan savdolashib, 1000 AQSH dollardan 800 AQSH dollarni olayotgan vaqtida viloyat IIB TEQKB va Pastdarg‘om tumani IIB TEQKG xodimlari tomonidan  qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.H.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1 qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing