Samarqandda 2000 yillik qozon 29 yil ro‘zg‘or uchun ishlatilgani aniqlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida miloddan avvalgi II-I asrlarga oid bo‘lgan sak qabilalariga tegishli bronza qozon topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu bronza qozon bundan 29 yil oldin Payariq tumanidan topilgan. Faqat uni topib olgan shaxslar uning noyobligini bilmagan va uy-ro‘zg‘or ishlarida foydalanib kelgan. 

Qozonning balandligi 37 santimetr bo‘lib, og‘iz qismining diametri 52 santimetrni tashkil etadi. Qozon Yettisuv vohasi sak qabilalariga tegishli bo‘lib, miloddan avvalgi II-I asrlarga oiddir.

Ma’lum qilinishicha, Samarqandda bronza qozonlarning aniqlanishi birinchi marotaba emas. Qaroqchi tog‘ining Qo‘shrabot tumanidan o‘tgan qismi yonbag‘rida joylashgan Sirliboytepadan, Payariq tumanidagi Ko‘ktepa arxeologik yodgorligidan ham saklarga oid bronza qozonlar topilgan.

Shuningdek, 2017 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanining Oqtov tog‘lariga tutash Yilqihaydar qishlog‘idan ham mahalliy aholi tomonidan topilgan saklarning bronza qozoni muzey-qo‘riqxonaga topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

710

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing